Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
DEPUTAT SO‘ROVI QANOATLANTIRILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufon o‘g‘li tomonidan Chilonzor tumanida amalga oshirilayotgan hamda rejalashtirilgan investitsiya loyihalari haqida ma’lumot olish yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.

🪙Deputat so‘rovida tumandagi investitsiya loyihalarining manzili, mazmuni, qiymati, amalga oshirish muddati va joriy holati, shuningdek, loyiha tashabbuskorlari, loyihalarga biriktirilgan deputatlar tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak hamda loyihalar natijasida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur deputat so‘rovi Chilonzor tumani hokimligi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

So‘rovda ko‘rsatilgan masalalar yuzasidan 2026-yil 17-sentabr holatiga Chilonzor tumanida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli tartibda shakllantirildi.

Jumladan, ma’lumotlar xorijiy investitsiya loyihalari hamda hududiy (mahalliy) investitsiya loyihalari kesimida jamlanib, ularning tegishli ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlandi va deputatga belgilangan tartibda taqdim etildi.


Shu bilan, deputat so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli ma’lumotlar taqdim etilib, deputat so‘rovi qanoatlantirildi.

Slide 1 of 4