Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Mashad mahallasida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan 25-Orolbo‘yi saylov okrugidagi “Mashad” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilalar daromadini oshirish bo‘yicha mahallabay va xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.

Barqaror ish oʻrinlarini yaratish, bandlikni taʼminlash orqali aholining doimiy daromad manbaini yaratish hamda kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha mahalliy Kengashlar tomonidan deputatlik nazoratini amalga oshirish yuzasidan
mahalla fuqarolar yigʻinida mahalla yettiligi, nuroniylar va otinoyilardan iborat ishchi guruh tuzilib, xonadonlardagi mavjud holat va muammolar manzilli o‘rganildi.

Jarayon davomida ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularni doimiy va barqaror daromad manbai bilan ta’minlash, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda kasb-hunarga o‘qitish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarning imkoniyatlari o‘rganilib, ularni imtiyozli kredit va boshqa qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan foydalanishga yo‘naltirish, tomorqadan samarali foydalanish orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish bo‘yicha takliflar bildirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi. Ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5