Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Mehr va e’tibor — inson qadri mezoni

Mehr va e’tibor — inson qadri mezoni

Har bir jamiyatning haqiqiy kuchi uning insonlarga, ayniqsa, e’tiborga muhtoj qatlamlarga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. Inson qadrini ulug‘lash, mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish — bu nafaqat burch, balki yuksak ma’naviyat ifodasidir.

Namangan shahar hokimi, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov “Quvonch” mahallasida istiqomat qiluvchi, bolalikdan nogironligi bo‘lgan Nuriddinov Ismoil xonadonida bo‘lib, uning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Suhbat davomida xonadon egalarining hol-ahvoli so‘ralib, mavjud muammolar o‘rganildi.

“Yoshlar kuni” munosabati bilan amalga oshirilgan ushbu xayrli tashabbus xonadonga alohida bayramona kayfiyat olib kirdi. Bildirilgan e’tibor va ko‘rsatilgan mehr ularning qalbida iliqlik va ishonch uyg‘otdi.

Shubhasiz, bunday ezgu amallar jamiyatda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, insonlar o‘rtasida birdamlik va hamjihatlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi 

Slide 1 of 4