Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Hududlararo hamkorlikni mustahkamlash hamda vakillik organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati xodimlari Chortoq tumanida bo‘lib qaytdilar.

Hududlararo hamkorlikni mustahkamlash hamda vakillik organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati xodimlari Chortoq tumanida bo‘lib qaytdilar.

🤝 Tashrif doirasida mehmonlar tuman Kengashi raisi Qodirjon Umarov tomonidan qabul qilinib, kotibiyat xodimlari hamda deputatlik guruhlari rahbarlari ishtirokida amaliy muloqot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish, ish tajribasi va tashkiliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

📂 Shundan so‘ng Chortoq tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan o‘rganildi. Xususan, rasmiy hujjatlar yuritilishi, doimiy komissiyalar faoliyati, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik hamda aholi murojaatlari bilan ishlash amaliyoti muhokama qilindi.

📊 Shuningdek, doimiy komissiyalar va partiya deputatlik guruhlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ko‘rgazmali taqdimot namoyish etildi.

✨ Tashrif ochiq muloqot va o‘zaro hurmat ruhida o‘tib, kelgusida samarali hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim zamin yaratdi. 

Slide 1 of 1