Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
HAVOTOG‘DA IJTIMOIY KO‘MAKKA MUHTOJ FUQAROLAR BILAN ISHLASH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashda eng muhim jihatlardan biri — muammoni o‘z vaqtida aniqlash va fuqaroga uning ehtiyojidan kelib chiqib amaliy ko‘mak ko‘rsatishdir. Shu maqsadda Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan Havotog‘ QFYda ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolar bilan ishlash holatiga e’tibor qaratildi.

Jarayon davomida mahalladagi ijtimoiy xodimning faoliyati, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib tegishli ijtimoiy xizmat va ko‘mak choralarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va manzilliligi, murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda ehtiyojmand oilalarning tegishli ijtimoiy yordam turlaridan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Muloqot davomida ijtimoiy xodim tomonidan aniqlangan muammolarni, ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq va amaliy choralarni belgilash vazifalari belgilandi.

Slide 1 of 2