Новости

Последние новости

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va sport infratuzilmasi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Soliyevga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan tumanning “Boladala” mahallasida joylashgan 32-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda o‘quvchilar uchun sport bilan shug‘ullanishga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi, qozonxona holati va kuz-qish mavsumida ta’lim jarayonini uzluksiz tashkil etish uchun ko‘rilgan tayyorgarlik choralariga alohida e’tibor qaratildi. Maktab qozonxonasi soz holatda bo‘lib, isitish tizimi ham ishlashga tayyorligi aniqlandi. Mavsum davomida ta’lim muassasasida qulay haroratni ta’minlash uchun mavjud isitish tarmoqlarining texnik holati ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida maktabda kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasi hali yaratilmagani ma’lum bo‘ldi. Mazkur masala e’tiborga olinib, sovuq kunlar boshlangunga qadar zarur yoqilg‘i zaxirasini shakllantirish, shu orqali ta’lim muassasasida issiqlik ta’minoti uzluksizligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

🔺Shuningdek, maktabda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida yaratilgan sharoitlar ham o‘rganildi. Xususan, maktab hududida futbol mini-stadioni hamda basketbol maydoni yangidan barpo etilgan. Mazkur sport inshootlarining holati yaxshi bo‘lib, o‘quvchilarning futbol, basketbol va boshqa sport mashg‘ulotlari bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

🔺Sport maydonlarining holati, xavfsizligi va foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirilib, mavjud sport jihozlari ham o‘rganildi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, maktabda sport mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan sport jihozlari yetarli darajada ta’minlangani qayd etildi.

🔺O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur choralarni ko‘rish, xususan, maktabni kuz-qish mavsumida uzluksiz issiqlik bilan ta’minlash uchun yoqilg‘i zaxirasini shakllantirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 5