Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #19_band #162_qonun #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi amalda

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlariga biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, ularning faoliyatini o‘rganish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur topshiriq ijrosi doirasida bugun xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 12-“Saxovat” saylov okrugidan saylangan deputat, ekspert guruhi a'zosi X.Jurayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov bilan birgalikda deputatlarga biriktirilgan shahar tashkilotlari ro‘yxatiga asosan Termiz shahar Madaniyat bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan aholining, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, madaniyat muassasalari faoliyatini takomillashtirish hamda sohaga oid davlat dasturlari va topshiriqlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilinib, soha faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Deputat va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi bunday hamkorlik hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning yechimini topish hamda davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish va ular bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ishlari izchil davom ettirilmoqda.