Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati S.Jurayeva o‘z saylov okrugidagi «Nurafshon» MFY Amindaryo ko‘chasi aholisi bilan uchrashib, ularning murojaatlarini o‘rgandi.

Uchrashuv davomida ko‘chadagi ichimlik suvi tarmog‘iga o‘rnatilgan suv taqsimlash ventillari (zadvijkalar)ning uzoq yillik foydalanish natijasida nosoz holatga kelgani aniqlandi. Bu holat, ayniqsa avariya yuzaga kelganda, suv ta’minotini tezkor boshqarish va ta’mirlash ishlarini olib borishni sezilarli darajada qiyinlashtirmoqda.

Shu munosabat bilan deputat Marg‘ilon shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jaligi, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga deputat so‘roving yubordi.

So‘rovda quyidagi besh savolga aniq javob so‘ralgan:

1️⃣ Nosoz ventillarni ta’mirlash yoki almashtirish bo‘yicha qanday choralar rejalashtirilgan;
2️⃣ Ishlarni qaysi tashkilot yoki mas’ul korxona amalga oshiradi;
3️⃣ Zarur mablag‘ manbasi va miqdori belgilanganmi;
4️⃣ Ishlarni qachon boshlash va yakunlash rejalashtirilgan;
5️⃣ Agar ishlar hozirgi dastur/rejaga kiritilmagan bo‘lsa, uni tegishli dasturga kiritish yoki boshqa moliyalashtirish manbalari orqali hal etish bo‘yicha qanday chora ko‘riladi?

Slide 1 of 1