Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
“TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA DASTLABKI O‘RGANISH OLIB BORILDI

#haftalik_ish_reja_doirasida #Open_byudjet #ekspert_guruhlari

“TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA DASTLABKI O‘RGANISH OLIB BORILDI

📈 “Tashabbusli byudjet”ning 2026-yil 2-mavsumida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish jarayonlari yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida Zargarlik mahallasida joylashgan Toshkent shahar yuridik texnikumida dastlabki o‘rganish ishlari olib borildi.

🕯 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 15-sentabrdagi III-34-88-14-202-K/26-son qaroriga asosan mazkur ta’lim muassasasining dars mashg‘ulotlari xonalari va koridorlarini ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilish, jumladan, eshik va derazalar, elektr hamda kommunikatsiya tizimlarini ta’mirlash ishlari loyihada nazarda tutilgan.

💼 Mazkur loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni dastlabki tarzda o‘rganish va nazoratga olish maqsadida tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva hamda ekspert guruhi a’zolari Toshkent shahar yuridik texnikumida bo‘lib, loyihada ko‘rsatilgan masalalarni joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqdilar.

📝 O‘rganish davomida loyiha doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarning hajmi va yo‘nalishlari ko‘rib chiqilib, ularni belgilangan talablar asosida sifatli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📈 Shuningdek, mazkur loyiha doirasidagi ishlarning amalga oshirilishi kelgusida deputatlik nazorati tartibida o‘rganib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 7