Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH: SANITARIYA VA JAMOAT SALOMATLIGI YO‘NALISHIDAGI FAOLIYAT O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Nazirov Madaminjon Ma'rufjon o'g'li hamda a'zosi Xidiyatulina Rima Rashitovnalar tomonidan navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Chilonzor tuman bo‘limining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilindi.
🔹 Jumladan, tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq ayrim masalalar mavjudligi qayd etildi.
🔹 Shuningdek, ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat sodir bo‘lgan joylarda sanitariya-epidemiologik tekshiruvlar o‘tkazish bo‘yicha murojaatlar bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi. Tashkilot tomonidan bunday holatlarda tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirishning belgilangan tartibi va vakolatli organlar bilan muvofiqlashtirish masalasida qiyinchiliklar mavjudligi bildirildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda huquqiy va amaliy yechimlarni ishlab chiqish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda masalalarni deputatlik nazorati doirasida davom ettirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash, uning sabablarini o‘rganish va amaliy yechim izlashdan boshlanadi.

Slide 1 of 4