Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
#Biriktirilgan_tashkilot #DeputatFaoliyati #Murojaat_va_ijro #Madad_NNT

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi hamda "Madad" nodavlat notijorat tashkilotining tuman bo‘linmasi hamkorligida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni joyida o‘rganish va ularga huquqiy yechim topish bo‘yicha amaliy amaliy tadbir o‘tkazildi.

🔍 Tadbir va o‘rganish tafsilotlari:

⚖️ Qonun targ‘iboti: O‘rganishlar davomida 2017-yil 11-sentyabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–445-son) mazmun-mohiyati hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

👥 Mas’ullar va ishchi guruh: Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 3-“Mustaqillik” saylov okrugidan saylangan deputat Turopova Dilbar Toji qizi, Xalq deputatlari tuman Kengashining 25-"Katta Vaxshivor" saylov okrugidan saylangan deputat Jabbarov Jamshid Adashovich hamda "Madad" NNT bosh mutaxassisi N.Kenjayev ishtirok etdilar.

📋 Tahlil va ijro nazorati: Ishchi guruh tomonidan fuqarolar murojaatlarining mazmuni atroflicha tahlil qilinib, ularni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq sifatli ko‘rib chiqish, o‘z vaqtida hal etish hamda ijrosini qat’iy ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

⚙️ Kutilayotgan natija: Kelib tushgan har bir murojaat bo‘yicha fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli idoralarga deputatlik so‘rovlarini yuborish belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3