Новости

Последние новости

янв.21
🌍 IJTIMOIY REYESTRDAGI XORIJDA MEHNAT FAOLIYATINI OLIB BORAYOTGAN FUQAROLAR OILALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI FUQAROGA UY-JOYINI TA’MIRLASH UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR O‘RGANILDI
янв.21
🏠 DAVLAT TA’MINOTIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 IJTIMOIY REYESTRDA TURGAN OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KENGASH RAISI VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI SHOVOT TUMANI BO‘LIMI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA — FAQAT SESSIYA OLDIDAN XULOSA BERADIGAN ORGANMI?
янв.21
✅ Ijobiy natija
янв.21
🚶‍♂️ KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, YANGI TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 IJTIMOIY REYESTR BO‘YICHA MAHALLADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
🔰Madaniy meros obyektini asrab-avaylash – e’tiborda

🔰Madaniy meros obyektini asrab-avaylash – e’tiborda

🌏Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Eronshoh” mahallasida joylashgan madaniy meros obyektining bugungi holati o‘rganildi.
🌏O‘rganish davomida tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur obyektni asrab-avaylash, uning saqlanishini ta’minlash hamda kelgusida yosh avlodga asl holicha yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌏Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ularning tarixiy qiyofasini saqlab qolish va ulardan samarali foydalanish borasida tegishli tavsiyalar bildirildi. Jumladan, obyekt hududini obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, muhofaza talablariga rioya etish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi.
🌏Shuningdek, bunday tarixiy maskanlarni kelajak avlodga bus-butun yetkazish nafaqat mutasaddi tashkilotlar, balki jamoatchilikning ham muhim vazifasi ekani ta’kidlandi.
👉Madaniy meros – xalqning tarixiy xotirasi. Uni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish barchamizning mas’uliyatimizdir.

Slide 1 of 3