🏘️ Maxtumquli mahallasida aholi farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi o‘rganildi.
👥 Xalq deputatlari tuman Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi D.Abdrimova hamda deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, aholining murojaatlari va mavjud muammolari o‘rganildi.
💼 Aholi bandligi
Fuqarolarni doimiy va daromadli mehnat faoliyatiga jalb etish, ishsiz aholini ish bilan ta’minlash hamda yangi daromad manbalarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📉 Kambag‘allikni qisqartirish
Kam ta’minlangan va daromadi past oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.