Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
FUQARONI QIYNAYOTGAN MASALAGA ANIQLIK KIRITILDI

#Deputatlik_faoliyati #murojaatlar #fuqarolar_qabuli

FUQARONI QIYNAYOTGAN MASALAGA ANIQLIK KIRITILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida Tepaqo‘rg‘on mahallasi fuqarosi Kabilova Dilya Raivlevna Inson xizmatlari markaziga qilgan murojaati yuzasidan ayrim tushunmovchiliklar mavjudligini bildirib, masalaga aniqlik kiritishni so‘radi.

↗️ Murojaat o‘rganilganda, fuqaro 11-mavze, 42-uy, 18-xonadonda istiqomat qilishi aniqlandi. Mahalla yettiligi xulosasiga asosan, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqaroning ehtiyojlari inobatga olinib, «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 10 mln. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgani ma’lum bo‘ldi.

🕯 Shuningdek, mazkur mablag‘ni tizimda belgilangan tartib asosida yagona xizmat ko‘rsatish — «UZUM» loyihasi orqali amalga oshirish belgilanganligi tushuntirildi. Ushbu tartib xizmatlarning shaffofligini ta’minlash, korrupsion omillarning oldini olish hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishga qaratilgan.

📁 Murojaatchining qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida unga mazkur tartib yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirish berilib, mavjud tushunmovchiliklarga aniqlik kiritildi.

Slide 1 of 4