Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Chinor" mahallasida hokim yordamchisi faoliyati va imtiyozli kreditlar samaradorligi tahlil qilindi

Bandixon tumanida aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish hamda qonunchilik hujjatlarining amaliy ijrosini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 7-“Chinor” saylov okrugi deputat U.Jumayev okrugiga qarashli "Chinor"mahallasida, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar tomonidan “Chinor” mahallasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir “Eng muhim 24 ta yo‘nalish” mezonlari hamda O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni asosida tashkil etildi. Unda Hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, narx-navo barqarorligini ta’minlash va yangi biznes sub’ektlarini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari ko‘rib chiqildi.

Xususan, o‘rganishlar jarayonida fuqaro M.Almirzayevaga Hokim yordamchisi tomonidan imtiyozli kredit ajratilib, u o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygani hamda oilasi kambag‘allikdan chiqarilgani qayd etildi.

Tashrif yakunida kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash va bu kabi amaliy natijalarni mahallada yanada ko‘paytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4