Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
📍 FUQAROLARNING HUQUQIY MUAMMOLARIGA AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI

📍 FUQAROLARNING HUQUQIY MUAMMOLARIGA AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda deputatlar Y.Musyayev, SH.Radjapovlar “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi R.Kichinov ishtirokida fuqarolar bilan uchrashuv va huquqiy maslahat tadbiri o‘tkazildi.
📖 Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari, muammolari va takliflari tinglanib, har bir masala yuzasidan amaldagi qonunchilik asosida tegishli huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, fuqarolarga mehnat munosabatlari, ijtimoiy himoya, imtiyozlar va moddiy yordam olish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish hamda ijtimoiy yordam olish tartibi bo‘yicha batafsil huquqiy maslahatlar berildi.
📌 Uchrashuv davomida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlardan to‘g‘ri foydalanish hamda murojaatlarni qonuniy tartibda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan ham tushuntirishlar berilib, nizoli oilalar bilan samarali ishlash, oilaviy muammolarning oldini olish, yarashtirish choralarini ko‘rish hamda fuqarolarning murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
🤝 Bunday tadbirlar fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

✅ Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati axborot xizmati

Slide 1 of 3