Новости

Последние новости

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bahoriston" mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida mahalliy Kengash deputatlarining quyi bo‘g‘in tuzilmalari bilan hamkorligini kuchaytirish, hududlarni rivojlantirish dasturlari ijrosini ta’minlash hamda aholi murojaatlarini hal etish borasida tizimli o‘rganishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 14-Bahoriston saylov okrugi deputati S.Jumayev hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Bahoriston" mahallasida bo‘lib, “Deputat va Mahalla yettiligi hamkorligi” doirasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

Deputatlik faoliyatining “24 ta eng muhim yo‘nalishi”ga asosan tashkil etilgan o‘rganish jarayonida hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va ijtimoiy xodimlarning ish faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga xizmat ko‘rsatish holati tahlil qilindi.

Tashrif davomida aniqlangan masalalar deputat tomonidan o‘zining murojaatlar daftariga qayd etilib, kelgusida ularni hal etish choralari belgilandi.

Shuningdek, mahalliy mas’ullarga faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1