Новости

Последние новости

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARINING MAHALLALARDAGI FAOLIYATI YANADA KUCHAYTIRILADI

🏛 Joriy yilning 22-sentabr kuni Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengash deputatlarining o‘z saylov okruglaridagi mahallalarda aholi bilan ishlashini yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etib, deputatlarning aholi bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish, hududlardagi muammolarni joyida o‘rganish, ularning yechimiga ko‘maklashish hamda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etish bo‘yicha bildirilgan taklif va tavsiyalar bilan tanishdi.

📊 Seminar davomida Senat tomonidan Xorazm va Navoiy viloyatlarida yo‘lga qo‘yilgan amaliy tizimni boshqa hududlarda ham joriy etish, mahalliy Kengashlar deputatlari va kotibiyatlari faoliyatini samarali tashkil etishning aniq mexanizmlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

🔺 Shuningdek, mahallalarda aniqlangan masalalarni tuman va shahar Kengashlari muhokamasiga olib chiqish, mas’ul tashkilotlardan aniq choralar va amaliy natijalarni talab qilish, mahalliy darajada hal etish imkoniyati bo‘lmagan muammolarni esa yuqori turuvchi tashkilotlar darajasiga olib chiqish tartibi tushuntirildi.

📋 Deputatlarga o‘z saylov okrugidagi mahallalarda aholi, “mahalla yettiligi”, faollar va mas’ul tashkilotlar bilan muntazam muloqot olib borish, ishsizlik, daromad manbaining yo‘qligi, tadbirkorlikni boshlashdagi to‘siqlar, ijtimoiy hamda infratuzilmaviy muammolarni manzilli o‘rganish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔎 Mazkur seminar mahalliy Kengash deputatlarining saylov okruglaridagi faoliyatini yanada jonlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish va deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7