Новости

Последние новости

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
Deputatlik nazoratini tashkil etishning amaliy mexanizmlari muhokama qilindi

Mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik nazoratini samarali tashkil etish hamda mahallalarda aniqlanayotgan muammolarni tizimli ravishda hal etish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Unda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev boshchiligida shahar Kengashi deputatlari Zoom platformasi orqali ishtirok etdilar.

Seminar davomida Senat tomonidan Xorazm va Navoiy viloyatlarida yo‘lga qo‘yilgan amaliy tizim, uning samaradorligi hamda mazkur tajribani boshqa hududlarda ham joriy etish masalalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari va kotibiyatlari faoliyatini samarali tashkil etish, ish jarayonlarini aniq mexanizmlar asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Seminarda deputatlik nazoratini amalga oshirishning amaliy tartibiga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, mahallalarda aniqlangan muammolarni tuman va shahar Kengashlari muhokamasiga olib chiqish, mas’ul tashkilotlardan aniq choralar ko‘rilishi va natijalar bo‘yicha axborot talab etish, mahalliy darajada hal etish imkoniyati mavjud bo‘lmagan masalalarni esa viloyat va respublika darajasiga olib chiqish mexanizmlari tushuntirildi.

Shuningdek, deputatlarga o‘z saylov okruglariga biriktirilgan mahallalarda aholi, “mahalla yettiligi”, faollar va mas’ul tashkilotlar bilan muntazam muloqot olib borish, joylarda ishsizlik, daromad manbaining yo‘qligi, tadbirkorlikni boshlashdagi to‘siqlar, ijtimoiy masalalar hamda infratuzilmaga oid muammolarni o‘rganish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Seminarda ilgari surilgan amaliy yondashuvlar mahallalarda aniqlanayotgan muammolarni manzilli o‘rganish, ularni tegishli Kengash muhokamasiga olib chiqish va deputatlik nazorati orqali ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 7