Новости

Последние новости

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI

«Eng muhim 24 ta yo‘nalish»ning 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan Charx Kamolon-3 mahallasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodimning faoliyati, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi hamda kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularning ehtiyojlarini o‘rganish;

Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari;

Ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi, shaffofligi va qonuniyligi;

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yordam ko‘rsatish;

Ijtimoiy xodim tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga e’tibor qaratildi.

Inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 1