Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan Kengashning 24 ta tavsiyasiga asosan ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilmoqda.

Xususan, deputat Andijon shahridagi 66-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, bolalarning ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi hamda muassasadagi mavjud imkoniyatlar bilan tanishdi.

Shuningdek, tarbiyachilar bilan suhbat o‘tkazilib, bolalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

O‘rganish yakunida ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirish hamda bolalar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2