Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan shahar aholisi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash hamda profilaktika tadbirlari yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan atroflicha ma’lumotnoma taqdim etildi.

Deputat so‘rovi asosida Qo‘qon shahri hududida 2026-yilning 8 oyi davomida amalga oshirilgan sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlar, emlash ishlari hamda profilaktik nazorat natijalari har tomonlama tahlil qilib chiqildi.

O‘rganish va tahlillar natijasida joriy yilning o‘tgan davrida shahar aholisi o‘rtasida o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari 2 ta holatga, virusli gepatit A kasalligi 1,6 martaga, qizamiq 4,7 martaga hamda shifoxona ichki infeksiyalari 4,5 martaga kamayganligi ma’lum qilindi. Shuningdek, aholini ommaviy emlash choralari samarasida yangi tug‘ilgan va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar rejadagi vaksinalar bilan 99,2-99,3% darajasida qamrab olingan.

Taqdim etilgan ma’lumotda “Mahallabay” tizimi doirasida 68 nafar malakali mutaxassis biriktirilib, 48 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida targ‘ibot va profilaktika tadbirlari o‘tkazilgani bildirildi. Shuningdek, 191 ta obyektda o‘tkazilgan tekshirishlar va ko‘rilgan huquqiy choralar orqali ta’lim hamda umumiy ovqatlanish muassasalarida sanitariya qoidalariga rioya etilishi ta’minlangan.

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va aholi salomatligini asrash borasidagi hamkorlik ishlari izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi