Новости

Последние новости

янв.21
🌍 IJTIMOIY REYESTRDAGI XORIJDA MEHNAT FAOLIYATINI OLIB BORAYOTGAN FUQAROLAR OILALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI FUQAROGA UY-JOYINI TA’MIRLASH UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR O‘RGANILDI
янв.21
🏠 DAVLAT TA’MINOTIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 IJTIMOIY REYESTRDA TURGAN OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KENGASH RAISI VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI SHOVOT TUMANI BO‘LIMI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA — FAQAT SESSIYA OLDIDAN XULOSA BERADIGAN ORGANMI?
янв.21
✅ Ijobiy natija
янв.21
🚶‍♂️ KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, YANGI TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 IJTIMOIY REYESTR BO‘YICHA MAHALLADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 9-Rovatak saylov okrugi deputati B.Baxovadinov, 1-O‘choqli saylov okrugi deputati K.Bayzakov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan tuman Sport bo‘limida jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosi o‘rganildi.

⚽️O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-394-sonli “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, belgilangan vazifalarning bajarilishi hamda sohada olib borilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

🤽🏻‍♀️Yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishini ta’minlash, sport tadbirlarini tashkil etish, sport inshootlaridan samarali foydalanish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

🥎Sport bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning qonun talablariga muvofiqligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3