Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI ISHLAR HOLATI O‘RGANILDI

Oqoltin tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning yechimiga ko‘maklashish borasida deputatlik nazorati tadbirlari olib borilmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Agrar, suv va qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi Y. Jo‘rayev tomonidan tumandagi qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, paxta dalalarining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ekinlarning rivojlanish holati, dalalardagi agrotexnik tadbirlarning bajarilishi hamda mavjud masalalar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va qishloq xo‘jaligi ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5