Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari A.Uljayeva va D.Egamqulovalar tomonidan A.Navoiy mahallasi hududida joylashgan 3-umumta’lim maktabi binosida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvt davomida saylovchilar tomonidan ichimlik suvining ayrim ko‘chalarda chiqmayotganligi, piyodalar yo‘lakchasi qurish, chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqib ketilmayotganligi kabi masalalarda takliflar tushdi.
Deputatlar tomonidan takliflarda keltirilgan masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish hamda navbatdagi uchrashuvlarda axborot berishni belgilab oldilar.