35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

⚡️ DEPUTAT SO‘ROVI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Ollamov G‘ayrat Ollamovich tomonidan Shovot tumani elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i I. Qalandarovga deputat so‘rovi yuborildi.
📍 MUAMMO:
Bog‘bon mahallasi, Bog‘zor ko‘chasida joylashgan TP-6406-sonli transformatordan chiquvchi elektr tarmog‘idagi kuchlanish darajasi aholi iste’moli uchun yetarli emasligi aniqlangan.
⚠️ Kuchlanish pastligi elektr jihozlarining me’yorida ishlashiga va elektr ta’minotining barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
📌 DEPUTAT SO‘ROVIDA:
🔹 elektr tarmog‘idagi kuchlanish pastligi sabablarini mutaxassislar ishtirokida o‘rganish;
🔹 elektr tarmoqlari va transformatorning texnik holatini ko‘zdan kechirish;
🔹 aholi uchun yetarli darajadagi elektr kuchlanishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
🔹 muammoni qisqa muddatda bartaraf etish va elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash;
🔹 ko‘rilgan choralar va erishilgan natijalar yuzasidan belgilangan tartibda javob taqdim etish so‘ralgan.
📄 146-ds-448-26-son
👤 Deputat: Ollamov G‘ayrat Ollamovich