35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

DEPUTAT SOʻROVI

💧 MADANIYAT MAHALLASIDA SUG‘ORISH SUV TA’MINOTINI YAXSHILASH BO‘YICHA TAKLIFLAR
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Zebo Omonboyevna Polvonova tomonidan Madaniyat mahallasida sug‘orish suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar o‘rganildi.
📌 514 ta xonadon manfaatlari o‘rganildi
🌱 41,1 ga — xonadon tomorqalari
🌾 42,6 ga — dala tomorqa yerlari
🚜 17,5 ga — ijara asosidagi yer maydonlari
⚠️ MUAMMO:
Sug‘orish suvining yetarli va o‘z vaqtida yetkazib berilmasligi aholi tomorqalari hamda qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishga ta’sir ko‘rsatmoqda.
💧 TAKLIF ETILGAN CHORALAR:
O‘dachi kanaliga 350 mm diametrli 2 dona suv nasosi o‘rnatish;
6 500 metr ariqlarni betonlashtirish;
sug‘orish suvini yer maydonlariga barqaror va o‘z vaqtida yetkazib berish.
🎯 MAQSAD:
Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish va fuqarolar daromadlarini ko‘paytirishga ko‘maklashish.