Новости

Последние новости

янв.21
🌍 IJTIMOIY REYESTRDAGI XORIJDA MEHNAT FAOLIYATINI OLIB BORAYOTGAN FUQAROLAR OILALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI FUQAROGA UY-JOYINI TA’MIRLASH UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR O‘RGANILDI
янв.21
🏠 DAVLAT TA’MINOTIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 IJTIMOIY REYESTRDA TURGAN OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KENGASH RAISI VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI SHOVOT TUMANI BO‘LIMI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA — FAQAT SESSIYA OLDIDAN XULOSA BERADIGAN ORGANMI?
янв.21
✅ Ijobiy natija
янв.21
🚶‍♂️ KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, YANGI TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 IJTIMOIY REYESTR BO‘YICHA MAHALLADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
“Nonvoylik guzar” mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga “Noib ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat M.Yunusov tomonidan “Nonvoylik guzar” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholini reyestrdan chiqarish, oilalarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash hamda mavjud muammolarini o‘rganish maqsadida xonadonlarga tashriflar amalga oshirildi.

O‘rganishlar davomida Guliston ko‘chasi, 45-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Muxtorova xonadoniga tashrif buyurilib, oila a’zolari bilan suhbat o‘tkazildi. Muloqot jarayonida oilaning yashash sharoiti, ijtimoiy holati, bandligi, daromad manbalari hamda mavjud ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, oilani ijtimoiy reyestrdan chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish hamda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalari muhokama qilindi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va amaliy ko‘mak choralarini belgilash, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash hamda kelgusida barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3