Новости

Последние новости

янв.21
🌍 IJTIMOIY REYESTRDAGI XORIJDA MEHNAT FAOLIYATINI OLIB BORAYOTGAN FUQAROLAR OILALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI FUQAROGA UY-JOYINI TA’MIRLASH UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR O‘RGANILDI
янв.21
🏠 DAVLAT TA’MINOTIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 KAMBAG‘ALLIK REYESTRIDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 IJTIMOIY REYESTRDA TURGAN OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KENGASH RAISI VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI SHOVOT TUMANI BO‘LIMI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA — FAQAT SESSIYA OLDIDAN XULOSA BERADIGAN ORGANMI?
янв.21
✅ Ijobiy natija
янв.21
🚶‍♂️ KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, YANGI TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 IJTIMOIY REYESTR BO‘YICHA MAHALLADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
📌 KORRUPSIYAGA QARSHI QONUNCHILIK TALABLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov tomonidan “Do‘stlik” mahallasi hududida joylashgan Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi.

📖 Tashrif davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ–419-son Qonuni talablari yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish o‘tkazilib, markaz xodimlari bilan suhbat tashkil etildi.

🔎 Suhbat davomida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, qonunchilik talablariga rioya etish hamda xizmat faoliyatida halollik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilish masalalari muhokama qilindi.

💬 Shuningdek, xodimlarning fikr va takliflari tinglanib, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy savodxonlikni oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

📌 O‘rganish yakunida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3