Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

🗣Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

⏺Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 6-Navbahor saylov okrugidan saylangan deputat K.Amanqulovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Navbahor" MFYda bo‘lib,, mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimi hamda yoshlar yetakchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

💬O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida yoshlar yetakchisi bilan suhbat o‘tkazildi.

💬Jumladan, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash, yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

💬Shuningdek, yoshlar bilan individual ishlash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni ta’lim, kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

🫥O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda yoshlar bilan ishlashda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mahalla farovonligi va aholi roziligi — deputatlik nazoratida!

Slide 1 of 1