Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
#19¹_modda #YangiO‘zbekistonQiyofasi #DeputatlikNazorat #IchimlikSuvi

📌 Aholi farovonligi, munosib turmush sharoiti va hududlarni obod etish — “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ning muhim mezonlaridan biridir.

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich tomonidan “Mingchinor” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlarni deputatlik nazorati orqali o‘rganish o‘tkazildi.

🔍 O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A. Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi Kengash kotibiyati mudiri M. Xujanov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A. Esanov va I. Roziqovlar ishtirok etdilar.

💧 Asosiy e’tibor — aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasiga qaratildi.

O‘rganish davomida Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan “Mingchinor” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning amaldagi holati ko‘zdan kechirildi.

📋 Shuningdek, amalga oshirilayotgan loyihaning ijrosi, mavjud muammolar, aholining ehtiyoj va takliflari hamda belgilangan vazifalarning bajarilishi deputatlik tahliliy o‘rganishi doirasida tahlil qilindi.

🇺🇿 “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” — avvalo, obod mahalla, farovon xonadon va inson uchun munosib sharoit yaratilgan hudud qiyofasidir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4