Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
XALQ DEPUTATLARI KENGASHI NAMUNAVIY REGLAMENTINING 5-MODDASI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-oktyabrdagi KQ-835-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashining namunaviy reglamentida mahalliy Kengashlar faoliyatini tashkil etishning muhim tartiblari belgilangan.

5-modda Kengash faoliyatining oshkoraligi va ochiqligi tamoyillariga bag‘ishlangan. Unga ko‘ra, Kengash faoliyati ochiqlik va shaffoflik asosida amalga oshiriladi hamda deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan jamoatchilikning xabardor qilinishi ta’minlanadi.

Kengash sessiyalari, doimiy komissiyalar faoliyati, qabul qilinayotgan qarorlar va boshqa muhim masalalar ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-saytlar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritilishi mumkin.

Mazkur modda fuqarolarning mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati to‘g‘risida axborot olish huquqini ta’minlash, Kengash faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

📚 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-oktyabrdagi KQ-835-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti”.