35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📩 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA RAISI FUQAROLAR MUROJAATINI O‘RGANDI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH BO‘YICHA OVOZ BERISH TARTIBI
янв.21
🗳 OVOZ BERISH QONUN TALABLARI ASOSIDA O‘TKAZILADI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH JARAYONIDA OVOZ BERISH QANDAY TASHKIL ETILADI?
янв.21
🗳 SAYLOVCHILAR RO‘YXATI BILAN QACHON TANISHISH MUMKIN?
янв.21
🏦 KREDIT IMKONIYATLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — OILALAR DAROMADINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
🏘 AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH, BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
📊 AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI FAROVONLIGINI YUKSALTIRISHGA E’TIBOR
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #murojaatlar_daftari

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 17-“Shakarqamish” saylov okrugi deputati Tavasharov Xamro Ziyayevich boshchiligida “Shakarqamish” mahallasida o‘rganish va muloqot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahallani “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar doirasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

MFY faoliyati va hujjatlar tahlili: Mahalla fuqarolar yig‘ini binosida MFY faollari va mas’ullar ishtirokida uchrashuv o‘tkazilib, fuqarolar murojaatlari daftari va belgilangan topshiriqlar ijrosi ko‘rib chiqildi.

Aholi bilan yuzma-yuz muloqot: Deputat va mas’ullar xonadonma-xonadon yurib, aholining yashash sharoitlari, taklif va muammolarini joyida o‘rgandilar.

Muloqotlar davomida ko‘tarilgan dolzarb masalalarni hal etish hamda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3