35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA RAISI FUQAROLAR MUROJAATINI O‘RGANDI
янв.21
📩 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🗳 OVOZ BERISH QONUN TALABLARI ASOSIDA O‘TKAZILADI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH BO‘YICHA OVOZ BERISH TARTIBI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH JARAYONIDA OVOZ BERISH QANDAY TASHKIL ETILADI?
янв.21
🗳 SAYLOVCHILAR RO‘YXATI BILAN QACHON TANISHISH MUMKIN?
янв.21
🏦 KREDIT IMKONIYATLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — OILALAR DAROMADINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
🏘 AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH, BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
📊 AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA O‘RGANISH VA YECHIM TOPISH
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining o‘rni va vakolatlari

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi hududda davlat hokimiyatining vakillik organi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq o‘z faoliyatini amalga oshiradi.

Kengashning asosiy vazifalari hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjetni tasdiqlash va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish, mahalliy soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qonunchilikda belgilangan vakolatlarni amalga oshirish, hududdagi davlat dasturlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari ijrosini ta’minlashga ko‘maklashish, shuningdek, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Shuningdek, Xalq deputatlari Kengashi hokim va hududdagi davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitadi, doimiy komissiyalar orqali tegishli sohalarda nazoratni amalga oshiradi, hududni rivojlantirishga oid muhim masalalarni sessiyalarda muhokama qilib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputatlari fuqarolar tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan ko‘p partiyaviylik tamoyiliga muvofiq saylanadi. Shu bois Kengash hudud aholisi manfaatlarini ifoda etuvchi vakillik organi sifatida fuqarolar va davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi samarali muloqotni ta’minlaydi.

Kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari ochiqlik, shaffoflik, qonuniylik, jamoatchilik manfaatlarini ta’minlash hamda hududni barqaror rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, qabul qilinayotgan qarorlar aholi turmush darajasini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish va fuqarolarning farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.