O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati O'.Akkulov tomonidan hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ko‘chalar, xiyobonlar, jamoat maskanlari hamda boshqa hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, daraxt va gul ko‘chatlari ekish, hududlarni tozalash va tartibga keltirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Hududlarni yanada obod va ko‘rkam holatga keltirish bo‘yicha ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.