35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirishda deputatlik mas’uliyati: Uzun tumanida manzilli muloqot o‘tkazildi

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirishda deputatlik mas’uliyati: Uzun tumanida manzilli muloqot o‘tkazildi


Davlat rahbarining 3-sentabrdagi yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Xabibulla Bozorov tomonidan joylarda aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha manzilli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

​Xususan, tuman hokimi — deputat Xabibulla Bozorov hamda AT “Aloqabank” Boshqaruvi vakillari ishtirokida “Yangi yo‘l” mahallasida hudud tadbirkorlari va aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqot bo‘lib o‘tdi