35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

🌱 BO‘SH YER MAYDONLARI — AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH UCHUN IMKONIYAT

📍 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning voyaga yetgan farzandlarini bandligini ta’minlash maqsadida hududdagi mavjud bo‘sh yer maydonlari o‘rganildi.
🤝 Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda bo‘sh va foydalanilmayotgan yer maydonlari xatlovdan o‘tkazilib, ularning holati hamda bandlikni ta’minlash maqsadida foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
🔹 Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning voyaga yetgan farzandlari aniqlanmoqda;
🔹 Ularni doimiy va samarali mehnat faoliyatiga jalb etish imkoniyatlari o‘rganilmoqda;
🔹 Bo‘sh yer maydonlaridan unumli foydalanish yo‘nalishlari belgilanmoqda;
🔹 Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda manzilli ishlar tashkil etilmoqda.
📌 Maqsad — oilalar daromadini oshirish, yoshlarning bandligini ta’minlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish.