35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

🏡 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — INDIVIDUAL YONDASHUV ASOSIDA

👥 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Abdrimova hamda Yangiobod mahallasida ijtimoiy xodim bilan kambag‘al oilalar ro‘yxatiga kiritilgan oila bilan ishlash bo‘yicha ishlab chiqilgan individual rejaning ijrosi o‘rganildi.
🔹 O‘rganish jarayonida:
— oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati va mavjud muammolari tahlil qilindi;
— individual rejada belgilangan vazifalarning bajarilish holati ko‘rib chiqildi;
— oila a’zolarini bandlikka jalb etish va daromad manbalarini kengaytirish imkoniyatlari o‘rganildi;
— oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘mak va mavjud imtiyozlardan foydalanish holati ko‘rib chiqildi;
— aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha taklif va vazifalar belgilandi.
🎯 ASOSIY MAQSAD:
Oilani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq va manzilli choralarni amalga oshirish.