Новости

Последние новости

янв.21
🏘️ KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA
янв.21
👨‍👩‍👧‍👦 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLARDA BANDLIK MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 40-SON MAKTAB FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
📚 TA’LIMGA JALB ETISH — IJTIMOIY HIMOYANING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO'G'RISIDA
янв.21
🇺🇿 DAVLAT DASTURI DOIRASIDA 24/7 XIZMAT KO‘RSATISH LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
📊 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH: SAMARADORLIK VA NATIJADORLIK
янв.21
📊 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YONDASHUV
янв.21
🏘 MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
⚡️ SESSIYA OLDI: TUMAN ETK RAHBARI HISOBOTI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
OTAYURT MAHALLASIDA NAMUNAVIY HUDUD YARATISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi raisi Pokiza Axmedjanova hamda Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Dilobar Kattabekova Otayurt mahallasidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘li bo‘yida qurilayotgan obyektlarning holati bilan tanishdilar.
O‘rganish jarayonida obyektlarda olib borilayotgan qurilish ishlarining sifati, hududning obodonlashtirilishi, yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholi va tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, zamonaviy xizmat ko‘rsatish obyektlarini ko‘paytirish, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay muhit yaratish va hududning mavjud turistik imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Mas’ullarga belgilangan loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, qurilish jarayonlarida belgilangan me’yor va talablarga qat’iy rioya etish, shuningdek, hududni obodonlashtirish ishlarini yana-da jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Mazkur ishlar Otayurt mahallasini aholi uchun qulay, zamonaviy va jozibador hududga aylantirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3