Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
SARDOBA TUMANIDA TURIZM SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHGA ALOHIDA E’TIBOR QARATILMOQDA.

O‘rganishlar davomida tumandagi “Yog‘ochli Sardoba” yodgorligi va unga tutash hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar tomonidan mazkur hududning turistik jozibadorligini oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda tashrif buyuruvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida aholi va sayyohlar uchun qulay va zamonaviy muhit yaratish, xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yana-da rivojlantirish, hududning tarixiy-madaniy obyektlarini asrab-avaylash va ulardan turizm maqsadlarida samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan loyihalarning mazmun-mohiyati, ularning hudud turizm salohiyatini yuksaltirishdagi ahamiyati hamda kelgusida turistlar oqimini oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, qurilish ishlarida sifat talablariga qat’iy rioya etish, hududni obodonlashtirish va xizmat ko‘rsatish darajasini yana-da oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Mazkur sa’y-harakatlar Sardoba tumanining turistik salohiyatini yana-da oshirish, yangi sayyohlik maskanlarini shakllantirish, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish hamda aholi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5