Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi

Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi

Hududlarda jinoyatchilikning oldini olish, sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazoratda.

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan “O‘rtaovul” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorining faoliyati o‘rganildi.

🔰O‘rganish davomida mahalladagi jinoyatchilik holati, ayniqsa, “qizil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔰Profilaktika inspektorining aholi bilan ishlash samaradorligi, muammoli oilalar va profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, hududdagi osoyishtalikni ta’minlash hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holatiga e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2