Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR — DEPUTATLAR E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputatlari G. Raimova va S. Xojiyev tomonidan mahalla yettiligi vakillari bilan hamkorlikda Sarmich MFYdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning holati manzilli ravishda o‘rganildi.

O‘rganish davomida xonadonlarning ijtimoiy-maishiy sharoiti, oila a’zolarining bandligi, daromad manbalari, mavjud muammolari hamda ijtimoiy ko‘makka bo‘lgan ehtiyojlari ko‘rib chiqildi.

Fuqarolar bilan bevosita suhbatlar o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan masalalar tinglandi. Har bir oilaning ehtiyojidan kelib chiqib, muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Ayniqsa, mehnatga layoqatli fuqarolarni bandlikka jalb etish, daromad manbalarini kengaytirish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, zarur ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, mavjud imtiyoz va imkoniyatlar bo‘yicha tushuntirishlar berish hamda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalarning amaliy yechimi, oilalarning ijtimoiy holatini yaxshilash va daromadlarini oshirish bo‘yicha chora tadbir belgilandi.

Slide 1 of 2