Новости

Последние новости

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
Charog‘on mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 24-Charog‘on saylov okrugi deputati Xasanova Nigoraxon Abdulaxatovna va deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova tomonidan saylov okrugi hududida deputatlik o‘rganishi olib borildi.

O‘rganish davomida Charog‘on mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–371-son Qonuni ijrosi, hududda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda profilaktik tadbirlarning samaradorligi masalalariga e’tibor qaratildi.

Jumladan, mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borish, muammoli oilalar va profilaktik nazoratga olingan fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi. Mazkur yo‘nalishda Charog‘on mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori Meliboyev Jaloldin Ismoiljon o‘g‘lining faoliyati bilan ham tanishildi.

O‘rganish jarayonida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallada osoyishtalik va jamoat xavfsizligini ta’minlashda profilaktika inspektori, mahalla faollari hamda tegishli tashkilotlarning hamkorligini yanada kuchaytirish zarurligiga e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularni bartaraf etish va kelgusida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlarni tizimli davom ettirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3