Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
#munosabat

🔰#munosabat

🔽Keksalar mehnatini qadrlash – ijtimoiy himoyaning muhim yo‘nalishi

📌2027-yildan boshlab 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qisqartirilgan ish vaqtini joriy etish taklifi, avvalo, katta yoshdagi fuqarolarning mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
📌Bugungi kunda ko‘plab tajribali mutaxassislar o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda. Shu bois katta yoshdagi xodimlarga mehnat faoliyatini davom ettirish uchun qulay sharoit yaratish, ularning sog‘lig‘i va mehnat imkoniyatlarini hisobga olish muhim.
📌Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ijtimoiy soliq to‘lash tizimiga o‘tkazish orqali ularning kelgusidagi ijtimoiy kafolatlarini mustahkamlashga erishish mumkin. Bunda tizimning fuqarolar uchun tushunarli, adolatli va ortiqcha moliyaviy yuklamani keltirib chiqarmaydigan tarzda yo‘lga qo‘yilishi muhim, deb hisoblayman.
📌Deputat sifatida bunday islohotlarda inson manfaatlari, mehnat huquqlari va ijtimoiy adolat tamoyillari ustuvor bo‘lishi zarur, deb hisoblayman. Zero, har bir mehnatkash fuqaro yoshi va bandlik shaklidan qat’i nazar, munosib mehnat sharoiti hamda kelajakdagi ijtimoiy himoyaga ega bo‘lishi kerak.

👉Ahmadov Behruz,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,