Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Murakkab ijtimoiy vaziyatdagi oila holati o‘rganildi

📌 Murakkab ijtimoiy vaziyatdagi oila holati o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Guljahon Mustafayeva hamda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F. Turayev tomonidan Oq Oltin MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Samatov Orzubek Asatovich xonadonida bo‘linib, oilaning ijtimoiy turmush sharoiti va mavjud muammolari o‘rganildi.

🌀 O‘rganish ishlari Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 18-bandi ijrosi doirasida amalga oshirildi. Jarayonda oila a’zolari bilan suhbat o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar va ehtiyojlar atroflicha o‘rganildi.

▶️ O‘rganish davomida oilaning og‘ir ijtimoiy ahvolda ekani, hayotda qator sinovlarni boshdan kechirganligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, oilaning uch nafar farzandi kasallik sababli vafot etgani, bu esa oila ruhiy va ijtimoiy holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatganligi qayd etildi.

♾ Shuningdek, fuqaro Samatov Orzubek Asatovichga yurak jarrohligi amaliyoti zarurligi, biroq operatsiyani amalga oshirish uchun yetarli mablag‘ mavjud emasligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

✔️ Fuqaroning sog‘lig‘ini tiklash va zarur tibbiy yordam olishini ta’minlash maqsadida viloyat Kengashi deputati Guljahon Mustafayeva ushbu masalani shaxsiy nazoratiga olib, amaliy ko‘mak ko‘rsatish choralarini ko‘rishga kirishdi.

Slide 1 of 2