Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
📌 Markaziy Osiyo – Xitoy muloqoti: hamkorlikning yangi imkoniyatlari

📌 Markaziy Osiyo – Xitoy muloqoti: hamkorlikning yangi imkoniyatlari

✔️ Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Xitoy mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishida siyosiy partiyalarning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

🌀 Markaziy Osiyo – Xitoy siyosiy partiyalari muloqoti doirasida tashkil etilgan mazkur nufuzli tadbirda Xalq deputatlari Samarqand viloyati, shahar va tuman Kengashlari deputatlari ham faol ishtirok etib, hududlarni rivojlantirish, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish hamda xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi tashabbuslar yuzasidan fikr almashdilar.

➡️ Konferensiyada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning siyosiy partiyalari vakillari, Xitoy Kommunistik partiyasi delegatsiyasi, parlament a’zolari, diplomatlar hamda ekspertlar qatnashdi.

🌀 Muhokamalar davomida “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, siyosiy partiyalar va parlamentlar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish, investitsiyaviy va ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚡️ Ta’kidlanganidek, bunday muloqot maydonlari hududlar taraqqiyotiga xizmat qiluvchi yangi tashabbuslarni ilgari surish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5