Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #5_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Temiryo‘lchi” mahallasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi

Termiz shahrida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda kam ta’minlangan oilalarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasida deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati X.Fayzullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va manzilliligi, fuqarolarning ijtimoiy muammolarini aniqlash hamda ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlarining amaldagi tartibda tashkil etilgani, ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoya bilan qamrab olinishi va murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi holatiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, ijtimoiy yordamning manzilliligini ta’minlash hamda aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.