Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #4_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Temiryo‘lchi” mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Termiz shahrida aholi daromadlarini oshirish, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish hamda fuqarolarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati X.Fayzullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Temiryo‘lchi” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, oilalarning daromad manbalarini ko‘paytirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi tahlil qilindi.

Shuningdek, kambag‘allikdan chiqarilishi belgilangan oilalar bilan individual ishlash, ularning muammolarini aniqlash, mavjud mehnat va tadbirkorlik salohiyatidan kelib chiqib daromad manbalarini yaratish hamda ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘makning natijadorligi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.