Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Gulbog‘" mahallasida xotin-qizlar faoli ish faoliyati o‘rganildi

Bandixon tumanida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning qonuniy manfaatlarini kafolatlash hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlarining mahallalardagi ijrosini monitoring qilish borasida tizimli deputatlik nazorati o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 15-Gulbog saylov okrugidan saylangan deputat I.Xalmatov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Gulbog" MFYda bo‘lib, , xotin-qizlar faoli ish faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida “Deputat faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” hamda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi (O‘RQ–561), “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi (O‘RQ–562) va “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonunlari talablaridan kelib chiqib tuzilgan savolnomalar asosida Mahalla xotin-qizlar faolining faoliyati tahlil qilindi.

Monitoring jarayonida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati atroflicha ko‘rib chiqilib, mas’ullarga faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 1