Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

💠TO‘XTAB QOLGAN TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATI QAYTA TIKLANADI

➡️Davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektorda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyat va resurslardan samarali foydalanish, faoliyati to‘xtab qolgan korxonalarni qayta ishga tushirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

➡️Ushbu topshiriqlardan kelib chiqib, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 24-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati, Sherobod tuman hokimi Alimov Usmon Ibrohimovich boshchiligida banklar tasarrufidagi faoliyati to‘xtab qolgan tadbirkorlik subyektlarini qayta ishga tushirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

➡️Jarayon davomida faoliyati turli sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga tashrif buyurilib, ularning mavjud muammolari o‘rganilmoqda. Har bir tadbirkor bilan individual ishlash, ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘yish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda faoliyatni kengaytirish uchun zarur choralar belgilanmoqda.

➡️Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini qayta moliyalashtirish, zarur kredit resurslarini jalb etish va mavjud moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha banklar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

➡️Asosiy maqsad — faoliyati to‘xtab qolgan tadbirkorlik subyektlarini imkon qadar tezroq qayta ishga tushirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga amaliy hissa qo‘shishdir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 9